Yuqoridagi savollarni hammasiga "HA" degan javoblar dasturchi bo'lishingiz uchun yetarlik emas.
Agar siz
demak dasturchilik kasbini o'rganishni boshlashingiz mumkin. Aksincha bo'lsa davomii o'qimasligingiz mumkin, sizdan yetuk dasturchi chiqishi mavhum.
Bizning kurslar dasturchilar tayyorlash kurslari emas, balki yuqoridagilarni hammasiga ha deb javob bera olganlarni to'gri yo'nalish berish orqali dasturchi qilib shakillantirish, o'zaro hohishlarga ko'ra jamoamizga a'zo bo'lishga tayyorlashdir. Bizning dasturlash kurslarimizda 1-sinflarga alifboni o'rgatgan kabi o'rgatilmaydi, Shogirdlar bizning o'z dasturiy mahsulotlarimiz ichida bilim va tajriba oshiradi.
Aksariyat dasturlash kurslari bu un bilan suvni qo'shib hamir qorish degani, hamir chiroyli non bo'lgincha, ancha jarayonni boshidan kechiradi. Chiroyli non - bu yahshi dasturchi. Demak yahshi dasturchi bo'lgunizcha ancha mashaqqat bor. Bizda ana shu mashaqqatga bardosh beradiganlar kerak. Biz ulardan ajoyib jamoa a'zosi shakillantiramiz. Bizning maqsad o'quvchi o'qitishdan daromad olish emas, balki ularni ichki hamda halqaro loyihalarda ishlatishdan daromad qilishdir. Undan tashqari o'quvchilarni halqaro darajaga chiqarish, halqaro (Microsoft, Oracle va shu kabi) sertifikatlar olishga ko'maklashish, katta kompaniyalar buyurtmasiga moslab tayyorlashdan daromad qilishdir.
Bizning jamoadagilar orasida ingliz tiliga ham alohida e'tibor bergan holda, bilmaganlar kundalik so'z va jumlalar yodlash va boshqa a'zolar bilan inglizcha muloqot qilish orqali ingliz tili ko'nikmalari oshirib boriladi.
Dasturlash - bu bir marta o'rganib shu o'rganganiz bo'yicha ishlab yurish emas, bu har doim o'rganish demakdir.
Bilingki, yozishni yoki chizishni o'rgangan har qanday odam ham yozuvchi-shoir yoki rassom bo'lolmagandek, dasturlash sohasini o'rgangan har qanday odam ham dasturchi bo'lolmasliig mumkin.
Har qanday kasb-sohani o'rganish birinchi navbatda o'rganuvchidan mashaqqatli mehnat, sabr-toqat talab qiladi. Yetuk kompyuter dasturchisi bo'lishingiz uchun esa ikki karra kop'roq mashaqqatli mehnat, sabr-toqat kerak bo'ladi.
Real tajribali dasturchi yonida tajriba o'tamasdan turib ham yahshi dasturchi bo'lish mushkul masaladir.
Nazariy bilimlar har doim ham amaliyotda yetarlik bo'lmasligi yoki ayrimlari umuman foydalanilmasligi mumkin.
Shuning uchun ham har qanday sohani o'rganish uchan nazariya bilan amaliyotni baravar olib borishdir.
Vaqtdan yo'tishni, tezroq jamoa a'zomizga aylanishni istaganlar uchun boshidan bir marta bitta kichikroq loyiha summasi qiymatida zakalat olinadi, har kun yonimizda jadal suratlarda o'rganishga majbur qilinadi.
6 oy
6 soat
500 ming so'mdan boshlanishi
4 oy
20 soat
1500 ming so'mdan boshlanishi
6 oy
6 soat
500 ming so'mdan boshlanishi
4 oy
20 soat
1500 ming so'mdan boshlanishi
9 oy
6 soat
500 ming so'mdan boshlanishi
6 oy
20 soat
1500 ming so'mdan boshlanishi
4 oy
20 soat
1500 ming so'mdan boshlanishi
6 oy
6 soat
500 ming so'mdan boshlanishi
4 oy
20 soat
1500 ming so'mdan boshlanishi